Посты загружаются
Пожалуйста, подождите загрузку контента.
Пожалуйста, подождите загрузку контента.

O‘g‘lim! Agar boshimni ko‘tarib yurishimga sabab bo‘la olmasang, hech bo‘lmaganda uni tushirib yurishimga sabab bo‘lma
Maktab direktori aytadi:
"Ertalab maktabga keldim. Ne ko‘z bilan ko‘rayki, maktabning tashqi devoriga sepiladigan bo‘yoq bilan xunik bir gap yozilgan edi. Uzoq tekshiruvdan so‘ng buni kim qilganini aniqladik. Darrov uning otasini maktabga chaqirdik. U keldi. Devordagi yozuvni ko‘rgach, xotirjamlik bilan o‘g‘lini chaqirib berishimizni so‘radi. O‘g‘lini chaqirdik. U o‘g‘lidan haqiqatdan ham bu ishni qilganmi yoki qilmaganini so‘radi. O‘g‘li qilganini tan oldi. So‘ngra ota cho‘ntagidan telefonini chiqarib bo‘yoqchiga telefon qildi. U kelgach, u bilan devorni oldingidan ham chiroyli qilib berishini aytib kelishdi. Keyin o‘g‘liga qarab sokinlik bilan dedi:
-O‘g‘lim! Agar boshimni ko‘tarib yurishimga sabab bo‘la olmasang, hech bo‘lmaganda uni tushirib yurishimga sabab bo‘lma!
So‘ngra u bizdan ruxsat olib qaytib ketdi. Men o‘quvchiga qaradim. U qo‘llari bilan yuzini ushlab yig‘lar edi. Men otaning uslubidan va uning bolasiga ta'siridan hayratda edim. So‘ngra u o‘quvchi bizdan kechirim so‘radi, pushaymonligini izhor qildi. Keyinchalik maktabning eng old o‘quvchilaridan biriga aylandi.
Haqiqiy murabbiy o‘quvchisiga xatodan go‘zal natija olishni, to‘g‘ri yo‘l topishni o‘rgatadi. Qadimgilar: "Xato to‘g‘rilikka olib boradi", deyishgan. Maqsad jazolash emas. Maqsad muammoni davolash va mushkulotdan iyjobiy natija bilan chiqish yo‘lini topishdir.
O‘rgating, qattiqqo‘llik qilmang. Qattiqqo‘llikdan muallimlik afzaldir.
Internetdan
Поделиться
Статья была полезной?





Shu narsalarimni sotmoqchiydim, -iymanibgina qo‘lida to‘rt oylik chamasi chaqalog‘ini ko‘tarib olgan juvon ishlatilgan narsalar olib sotuvchi ayolga iltijoli boqdi
Подробнее
Qiyin kunlar berildi – sabr qilishni o‘rgandingiz...Dard keldi – hamdardlikni o‘rgandingiz.. Sitamlar keldi - bardoshingizni tarbiyaladingiz...
Подробнее