Посты загружаются
Пожалуйста, подождите загрузку контента.
Пожалуйста, подождите загрузку контента.

Qadimgi Xitoyda bir qiz turmushga chiqdi. Kelinlik hayotining ilk kunlaridanoq eri va qaynonasining xizmatiga kirishdi. Biroq nimagadir eri uni tez-tez tergar, ba'zida ayblarini yuziga solard
Qadimgi Xitoyda bir qiz turmushga chiqdi. Kelinlik hayotining ilk kunlaridanoq eri va qaynonasining xizmatiga kirishdi. Biroq nimagadir eri uni tez-tez tergar, ba'zida ayblarini yuziga solardi. Ayol bora-bora bu holdan bezdi, undan qutulish payiga tushdi. O‘ylay-o‘ylay giyohlar bilan davolaydigan tabibnikiga yo‘l oldi. U otasining eski tanishi edi. Ayol tabibga dilini yordi:
– Men erim bilan ortiq yashayolmayman. Jonim hiqildog‘imga keldi, to‘yib ketdim. Sizning yordamingizga muhtojman. Bir ilojini toping, istagan pulingizni beraman...
Giyohchi-tabib uning maqsadini tushundi-yu, lekin o‘zini go‘llikka solib so‘radi:
– Senga qanday yordam berishim mumkin?
– Kuchli zahar kerak. O‘sha bilan erimni zaharlayman va barcha alam-iztiroblardan qutulaman.
Giyohchi uzoq o‘yladi, so‘ng:
– Bo‘pti, senga yordam beraman. Lekin ikkita narsani yaxshilab tushunib ol. Birinchisi, sen eringni birdaniga zaharlamasliging kerak. Yo‘qsa, nima bo‘lganini odamlar tezda payqab oladi. Men senga eringni asta-sekinlik bilan zaharlaydigan bir giyoh beraman. U xuddi o‘z ajali bilan o‘lgandek bo‘ladi, hech kim hech narsa sezmaydi. Ikkinchisi, shubha-gumonlardan nari bo‘lish uchun g‘azabingni yashirishing shart. Eringni hurmatlashing, sevishing, so‘zini ikki qilmasliging va sabrli bo‘lishing kerak. Agar shuni uddalay olsang, u o‘lgan payti hech kim sendan shubhalanmaydi.
Qiz aytilganlarga rozi bo‘ldi. Har kuni erining ovqatiga giyohlardan ozgina-ozgina qo‘sha boshladi...
Xotinining muomala-munosabati yaxshi tomonga o‘zgargani, muloyimlashganini ko‘rgan er unga mehr qo‘ydi, uni tergamaydigan, mayda-chuyda kamchiliklariga ko‘z yumadigan bo‘ldi. Bir kuni yuragi hayajonga to‘lib: “Sen dunyodagi eng yaxshi rafiqasan. Yigitligimda xuddi shunday turmush o‘rtog‘im bo‘lishini orzu qilgandim”, deb dil izhori qildi.
Qaynona-kelin o‘rtasidagi munosabatlar ham yaxshilandi. Yarim yil o‘tar-o‘tmas ular xuddi ona-boladay inoq bo‘lib ketishdi.
Shunday kunlarning birida qiz giyohchining huzuriga keldi. Unga yalinib-yolvora boshladi:
– Sizdan o‘tinib so‘rayman, erimni qutqaring. Anavi zaharning kuchini kesadigan biror narsa bering. U kishining o‘lishini istamayman. Erimni yaxshi ko‘raman, u dunyodagi eng yaxshi umr yo‘ldoshi.
Bu gapdan tabibning yuziga tabassum yugurdi. So‘ng qizning ko‘nglini bir dunyo quvonchga to‘ldirgan mana bu gaplarni aytdi:
– Xavotirlanma, qizim. Men senga hech qanaqa zahar berganim yo‘q edi. U giyohlar shunchaki ziravor, xolos. Zahar aslida sening miyangda, ongingda edi. Mana, undan qutulibsan. Seni tabriklayman. Qo‘shganing bilan qo‘sha qari, baxtli bo‘l, qizim.
Поделиться
Статья была полезной?


Buvam ko‘z yoshlarini artib turib dedilar: “Buving juda qiynalayapti, u mening qalbimning bir parchasiga aylangan!”.
Подробнее

Nozim birinchi marta uning kambag‘alligidan kulmaydigan va uni kamsitmaydigan do‘st topganidan suyundi. U dardlarini aytib, ko‘ngil chigilini yozdi.
Подробнее
Javondagi chiroyli idishda qalam va o‘chirg‘ich yashardi. Ular do‘stona munosabatda bo‘lib, bir-biriga yordam berib turardi. Bir kuni qalam suhbatini uzr so‘rashdan boshladi
Подробнее
Men yig‘ladim... Men oxirgi pulimga bolamga tort olgandim. Extimol dadam xam shunday qilgandir...
Подробнее