Reklama
Reklama

2 kunda bola shamollashini tuzatib yuborish.


Bolaning shamollashini 2 kun davomida tuzatib yuborish. Bahor va kuz mavsumida shamollash xavfi uchun eng ko’p bo’ladi. Issib turgan vaqtda birgina yomg’ir havoni sovitib yuboradi. O’tib ketadigan ob-havo uchun issiq kiyim kiygimiz kelmaydi. Shabbodaga e’tibor qilmaymiz. Ichimliklarimizning sovuqligiga ham. Natijada shamollaymiz. Ayniqsa yosh bolalar tez shamollaydi. Onalar esa qachon va  qanday bo’lganini sezmay ham qolamiz. Eng yomooni bolachalarning shamollashi. Ularnni kasallikni yengishi va davolanishi qiyinroq. To’g’ri hozir juda yaxshi dorilar bor, tabiiy, ko’katlardan tayyorlangan. Lekin nimagadir yana antibiotiklar bilan davolashga, ukol qilishga to’g’ri keladi. Doktorga uchrasangiz dorilar yozib berdi. Masalan: shamollashiga, yo’taliga, isitmasiga, immunitetiga tabletka, sirop, poroshok, svecha, suspenziya va antibiotic. Doktorni aytganlari to’g’ri, hammasini aytganidek soat soatiga qo’yib ichkizish kerak(ammo hammasi ham emas)  lekin bolani ichiga doriga to’lib ketyaptiku deb onalarining o’zi ham o’ylab qoladi. 

1. Shamollash sababi va oldini olish

2. Kompressorlar

3. Antibiotiksiz davolash

4. Tibbiyot va tabobatni birgalikda qo'llab davolash

5. Bemor bolaga beriladigan oziq ovqatlar. 

 


I. Shamollash sababi va oldini olish.

   Bahor va kuz mavsumida shamollash xavfi uchun eng ko’p bo’ladi. Issib turgan vaqtda birgina yomg’ir havoni sovitib yuboradi. O’tib ketadigan ob-havo uchun issiq kiyim kiygimiz kelmaydi. Shabbodaga e’tibor qilmaymiz. Ichimliklarimizning sovuqligiga ham. Natijada shamollaymiz. Ayniqsa yosh bolalar tez shamollaydi. Onalar esa qachon va  qanday bo’lganini sezmay ham qolamiz. Eng yomooni bolachalarning shamollashi. Ularni kasallikni yengishi va davolanishi qiyinroq. To’g’ri hozir juda yaxshi dorilar bor, tabiiy, ko’katlardan tayyorlangan. Lekin nimagadir yana antibiotiklar bilan davolashga, ukol qilishga to’g’ri keladi. Doktorga uchrasangiz dorilar yozib berdi. Masalan: shamollashiga, yo’taliga, isitmasiga, immunitetiga tabletka, sirop, poroshok, svecha, suspenziya va antibiotic. Doktorni aytganlari to’g’ri, hammasini aytganidek soat soatiga qo’yib ichkizish kerak(ammo hammasi ham emas)  lekin bolani ichiga doriga to’lib ketyaptiku deb onalarining o’zi ham o’ylab qoladi. Bolalar o’g’riyotganida ovqatni tuzukroq yemaydi. Dori bilan qorni to’lib ketadi. Hatto onalri ham dori ichkizaverib charchab ketadi. Agar bolada kasallikni birinchi alomatlari paydo bo’lganidayoq doktorlarga ko’rsatilganida edi buncha dori ichishiga hojat qolmas edi. Yo’q albatta yaxshilab og’riganidan keyin olib boriladi.  Menda ham bu holat  ko’p sodir bo’lgan lekin onamning maslahati va boshdan kechirgan tajribam tufayli qanday qilib bola shamollashini tezkor davolashni bilib oldim.

   Buning uchun dastlabki belgilari paydo bo’la boshlaganda masalan aksirish, qisqa qisqa yo’talish.burun oqishi, uxlaganda burun bitishi va boshqa holatlar yuz berganda

  1. kompress qilish kerak;
  2. immunitetni oshiruvchi dorilar: anaferon kuniga bir mahal yoki askorbinka tabletkasi kuniga 3 mahal (oddiy qogozdagi. aptekada sotadigani, mevalar ta’mli, qandga qog’oziga o’ralganlari kerak emas, tomog’ini battar zaralab qo’yishi mumkin. Siroplar ham emas, ularning shirasi ko’pligi tufayli tomog’i shamollab turgan bo’lsa yomonroq ahvolga tushadi).  

  II. Kompressorlar

Kompresni 6 xil turini bilaman lekin hammasini bir vaqtda qo’lash mumkin emas.Masalan spirt bilan compress qilish hech qachion zarar qilmaydi. Quyidagilarning har biri bilan ishlatish mumkin.  Ko’pincha spirtli va asalli compress qilish kifoya. Yodingizda tutuing bola badaniga surayotgan paxtangizni tez tez almashtiring. Masalan tomoqqa surtib bo’ldingizmi kurak uchun alohida paxta ishlatinging, bir qo’liga surgan paxtani ikkinchi qo’liga surtimang. 

    1. Spirt bilan butun badanini artish (yoki tomogI va orqa kuraklarini, isitmad aham og’rimayotganida ham qilish mumkin, faqat ochiq yara joylariga tegib ketmasin, spirtni idishi bilan issiq suv quyilgan piyolaga solib isitish mumkin, yoki yopiq obogrevatellarning unchalik issiq bo’lmagan bir chetiga qo’yib isitish mumkin).
    2. Komforniy spirt bilan (hidi o’tkir, agar bolaning burni bitib nafas olishda qiynalayotgan bo’lsa buni qilish kerak emas, isitmada ham qo’llamagan maqul. Faqat shamollashning boshlang’ich belgilari va asoratida tomoq, orqa kurak, qoringa va belga surtiladi)
    3. Menovazin bilan (tomoq, bel va kuraklarini, isitmada mumkin emas)
    4. Distillanmagan paxta yog’ini isitib surtish (yengil massaj qilish kerak, isitmada mumkin emas ammo balg’am ko’chirishda juda kata foyda beradi)
    5. Qo’y yog’ini eritilganini surtish(isitmada va turli kasalliklarda mumkin emas masalan: angina yiringlaganda, appendisit ehtimoli bo’lganda yoki teri kasalliklarida)